O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasiga Mo‘g‘uliston kasaba uyushmalari Konfederatsiyasining bir guruh xodimlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Akademiyaning o‘quv ishlari bo‘yichа prorektori A. Atamatov, prorektorlar A. Mirzajonov va S.Yusupov kutib oldi.
Mo‘g‘ulistonlik mehmonlar tashrif davomida Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasida yaratilgan shart-sharoitlar , jumladan, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, audiyatoriyalar va sport majmualarida yaratilgan imkoniyatlar bilan bevosita tanishishdi.
Shuningdek, mehmonlarga Akademiyadav talabalarning dunyoqarashini boyitish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlarga doir ma'lumotlar taqdim etildi. Mehmonlar Akademiyada yaratilgan shart-sharoitlar va amalga oshirilayotgan ishlarga yuksak baho berishdi.