Markaz va bo'lim haqida ma'lumot

Markaz / Bo'lim

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimi

Boʻlim boshligʻi oʻz faoliyati davomida quyidagilarni amalga oshiradi:

- Boʻlimning ish rejalarini tuzadi va ularning ijrosini taʼminlaydi;

- Boʻlim maqsadidan kelib chiqib, talabalarning maʼnaviy tarbiyasiga masʼul boʻlgan boʻlimlar va xodimlarni faoliyatini muvofiqlashtiradi;

- Akademiyada maʼnaviy va maʼrifiy hamda iqtidorli yoshlar bilan ishlash masalalari boʻyicha amaliy va uslubiy yordam koʻrsatadi;

- Yuqori turuvchi tashkilot (vazirlik, rektorat, Ilmiy Kengash)dan tegishli soha mutaxassislarni jalb etgan holda maʼnaviy-axloqiy tarbiyani isloh qilish xususidagi takliflarni tayyorlaydi;

- Talaba-yoshlar oʻrtasida milliy gʻoya, kadrlar tayyorlash milliy dasturiga tayangan holda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatlarini ulugʻlashga, jismonan sogʻlom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi komil insonni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan uoq muddatli, keng koʻlamli, maʼnaviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga oshiradi;

- har bir talaba-yoshning yurt tinchligi, el saodatiga xizmat qiladigan intilish, izlanish va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash orqali kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari tamoyilini muntazam targʻib va tashviq etadi;

- Akademiya tizimida Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusni talabalar oʻrtasida keng targʻib etish, ushbu tashabbuslarda belgilangan vazifalarning ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash choralarini koʻradi;

- Akademiya talabalarini milliy gʻoyaga sadoqat, ona-diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulugʻ va olijanob maqsadga eʼtiqod, jasurlik va fidoyilik ruhida tarbiyalashga moʻljallangan targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi;

- Akademiyada maʼnaviy-ruhiy muhitning ahvolini, professor- oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarning kayfiyatini, intilishi va muddaolarini hisobga olgan holda ijobiy anʼana va tashabbuslarini qoʻllab- quvvatlash choralarini koʻradi;

- milliy gʻoyaning asosiy maqsadlarini talabalarga sodda, xolis va tushunarli tarzda yetkazish uchun professor-oʻqituvchilar va talabalar orasida obroʻ-eʼtibor qozongan, yuksak saviyali, tajribali, jonkuyar, eng muhimi haqqoniy soʻzi erkin fikri bilan talabalar qalbi va ongiga yoʻl topa oladigan fidoiy insonlarni jalb etib boradi;

- Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha qabul kilingan hujjatlari va koʻrsatmalarini Akademiya jamoasiga oʻz vaqtida yetkazish va ulardagi vazifalarning bajarilishini taʼminlaydi;

- Akademiyada faoliyat yuritayotgan jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish ishlarini amalga oshiradi;

- fakultetlar va talabalar turar joylarida maʼnaviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi;

- axborot-resurs markazining maʼnaviy-maʼrifiy hayotini nazorat qiladi;

- yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkiloti kengashi, Xotin-qizlar kengashlari hamda turli jamoatchilik harakatlari tuzilmalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi;

- talabalar turar joylarida oʻtkazilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;

- murabbiylar faoliyatini nazorat qiladi;

- murabbiylik soatlarida oʻtiladigan mavzular boʻyicha takliflar beradi;

- Akademiya Axborot guruhi faoliyatini nazorat qiladi;

- kamchilik va muammolarni bartaraf va hal etish boʻyicha aniq takliflarni Akademiya rahbariyatiga taqdim etadi.

Ortga qaytish