O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasiga AQShdagi Vebster universiteti prezidenti janob Julian Shuster boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari urf-odatlarimizga muvofiq, non va tuz bilan kutib olindi.
Delegatsiya a’zolari Akademiyada yaratilgan shart-sharoitlar, auditoriyalar, maxsus o‘quv xonalari, laboratoriyalar, Axborot-resurs markazi faoliyati hamda talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shundan so‘ng tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishning istiqbollari, birgalikda kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Jumladan, Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi bazasida AQSh ta’lim standartlari asosida oliy ma’lumotli o‘rta tibbiyot xodimlari tayyorlashni yo‘lga qo‘yishning istiqbollari, ushbu o‘quv kurslarini tashkil etish borasida hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar borasida atroflicha so‘z yuritildi.
Vebster universiteti prezidenti Julian Shuster janoblari Akademiyaga tashrif buyurgan Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z dil istaklarini bitib qoldirdi.