O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirliklarining qo‘shma qaroriga asosan talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, oliy taʼlim muassasalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga ko‘maklashish maqsadida har bir oliy taʼlim muassasasida “Qalqon” jamoatchilik guruhi tashkil etilgan edi.Bugun Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida "Qalqon"guruhiga talabalar orasida saralash o'tkazildi.Talabalar suhbat asosida guruhga qabul qilindi.Tez orada guruh tarkibi talabalarga tanishtriladi.