O‘zbekiston prezidenti saylovini yuzlab xorijlik kuzatuvchilar va mingdan ortiq jurnalistlar kuzatib bormoqda. Xususan, xorijiy davlatlar va nufuzli tashkilotlardan kelgan 797 nafar kuzatuvchi va 1400 nafar mahalliy va xorijiy OAV vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.
Toshkent shahridagi 818-saylov uchastkasida o‘tayotgan jarayonlar bilan tanishish maqsadida MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev boshchiligidagi tashkilot missiyasi vakillari tashrf buyurishdi. Ular saylov jarayonlari, unda fuqarolarning ishtiroki va amalga oshirilgan ishlarga ijobiy baho berishdi.
Shu bilan bir qatorda Xalqaro kuzatuvchilar saylov uchastkasi tashkil etilgan Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi. Ular Akademiyada talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, audiyatoriyalar va sport majmualarida yaratilgan imkoniyatlar bilan bevosita tanishishdi. Kuzatuvchilar Akademiyaga tashrif buyurgan faxriy mehmonlar kitobida o‘zlarining ezgu tilak va istaklarini ham aks ettirishdi.