O‘rta maktab bitiruvchi yoshlarini kasbga yo‘naltirish, ularning to‘g‘ri kasb tanlashida ko‘maklashishda targ'ibot-tashviqot ishlarining, shu jumladan, yuzma-yuz uchrashuvlarning o‘rni ahamiyati bo‘lib hisoblanadi. Ayniqsa, ushbu uchrashuvlar oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilari ishtirokida tashkil etilsa, uning qiymati birqancha sezilarli bo‘ladi.
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi vakillari ham Toshkent shahridagi o‘rta maktablarda bo‘lib, bitiruvchi yoshlar bilan muloqotlar tashkil etishmoqda. Chilonzor tumanidagi 173,179 va Mirobod tumanidagi 100-sonli maktablarda o‘tkazilgan uchrashuvlarda yoshlarga Akademiya faoliyati va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma'lumotlar berildi.
Shuningdek uchrashuvda, Akademiyadagi ta’lim yo‘nalishlar, kirish imtihonlari va bitiruvchilarning ishga joylashtirilishi bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Shu kabi uchrashuvlar va targ'ibot-tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.