Asosiy kontentga o‘tish

Iqtisodiyot va boshqaruv kafedrasi

So‘nggi yangilanish: 22.10.2026

Kafedra haqida

Iqtisodiyot va boshqaruv kafedrasi

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasining Iqtisodiyot va menejment kafedrasi iqtisodiyot, boshqaruv, inson resurslarini rivojlantirish va psixologiya sohalarida taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiradi.

Kafedra faoliyati zamonaviy iqtisodiy bilimlarga ega, boshqaruv qarorlarini qabul qilish koʻnikmalarini puxta egallagan, inson omili va psixologik jarayonlarni tushunadigan malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

Kafedraning asosiy faoliyat yoʻnalishlari iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, zamonaviy menejment usullarini oʻrganish, inson kapitalini rivojlantirish, mehnat bozori va bandlik masalalarini tadqiq etish, shuningdek, shaxs psixologiyasi, mehnat psixologiyasi, tashkiliy xulq-atvor, jamoadagi munosabatlar va xodimlarning motivatsiyasini oʻrganishni qamrab oladi.

Taʼlim jarayonida nazariy bilimlarni amaliy koʻnikmalar bilan uygʻunlashtirish, zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalardan foydalanish, talabalarning mustaqil fikrlashi, tahliliy yondashuvi va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Kafedra professor-oʻqituvchilari iqtisodiyot, menejment va psixologiya sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borish, oʻquv-uslubiy materiallarni takomillashtirish, talabalarning ilmiy faolligini qoʻllab-quvvatlash hamda milliy va xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirishda ishtirok etadilar.

Kafedraning ustuvor maqsadi — zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beradigan, iqtisodiy va boshqaruv jarayonlarini chuqur anglaydigan, inson omilini baholay oladigan va psixologik bilimlarni kasbiy faoliyatda qoʻllaydigan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga hissa qoʻshishdir.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati raqamli iqtisodiyot sharoitida mehnat bozori va inson kapitalini rivojlantirishning iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik va boshqaruv mexanizmlarini oʻrganishga qaratilgan.

Ushbu ilmiy yoʻnalish doirasida mehnat bozorining rivojlanish tendensiyalari, bandlikni taʼminlash, inson kapitalini rivojlantirish, zamonaviy HR texnologiyalarini joriy etish, mehnat motivatsiyasi, tashkiliy xulq-atvor, psixologiya hamda boshqaruv samaradorligini oshirish masalalari tadqiq etiladi.


Professor-o‘qituvchilar

Amirov Lochinbek Fayzullayevich
Amirov Lochinbek Fayzullayevich Kafedra mudiri
Askarova Mavluda Turabovna
Askarova Mavluda Turabovna Professor Fan doktori, DSc, Dotsent Mikroiqtisodiyot, Мikroiqtisodiyot
Sangirova Umida Ravshanovna
Sangirova Umida Ravshanovna Dotsent Fan nomzodi, PhD, Dotsent HR audet va konsalting, Inson resurslarini boshqarishning zamonaviy konsepsiyalari
Ochilova Ozoda Toshkuvatovna
Ochilova Ozoda Toshkuvatovna Assistent Demografiya asoslari, Marketing 2, Strategik menejment, Marketing
Aslonov Azizbek Faxritdin o‘g‘li
Aslonov Azizbek Faxritdin o‘g‘li Dotsent Fan nomzodi, PhD Soliqlar va soliqq tortish, Menejmentga kirish, Marketing 2, Strategik menejment, Operatsion menejment, Soha iqtisodiyoti va menejment
Suyunov Yorqin Bekmurodovich
Suyunov Yorqin Bekmurodovich Katta o‘qituvchi Buxgalteriya hisobi kirish, Boshqaruv hisobiga kirish
Gulbayev Ne’matulla Abdukarimovich
Gulbayev Ne’matulla Abdukarimovich Dotsent Fan nomzodi, PhD, Dotsent Raqamli va axborot texnologiyalari, Iqtisodiyotda axborot kommunikasion texnologoyalar va tizimlar, Raqamli axborot texnologiyalari
Jo‘rayeva Sarvinoz Ubaydullo qizi
Jo‘rayeva Sarvinoz Ubaydullo qizi Assistent Eksperimental psixologiya 2, Umumiy psixodiagnostika 1, Rivojlanish psixologiyasi va differensial psixologiya 2, Mutaxassislikka kirish, Klinik Psixalogiya
Xakimov Akmal Lolashevich
Xakimov Akmal Lolashevich Katta o‘qituvchi Inson resurslarini boshqarishning zamonaviy konsepsiyalari, Biznesda buxgalteriya hisobi, Soliqlar va soliqq tortish, Buxgalteriya hisobi kirish, Inson resurslarini boshqarish, Mehnat iqtisodivotii 2
Sattikulova Gavxarniso Axmadxanovna
Sattikulova Gavxarniso Axmadxanovna Katta o‘qituvchi Mehnat iqtisodivotii 1, Iqtisodiyot nazariyasi 1, Iqtisodiy ta'limotlar tarixi
Jumayev Kurbanmurat Xurramovich
Jumayev Kurbanmurat Xurramovich Dotsent Statistika
Yunusxodjayev Zair Shakirovich
Yunusxodjayev Zair Shakirovich Katta o‘qituvchi Sotsial psixologiya 2, Psixologik konsultatsiya va psixo korreksiya, psixologiya asoslari, Umumiy psixologiya 3, Rivojlanish psixologiyasi va differensial psixologiya 2, Psixologik konsultatsiya va psixokorreksiya
Bozorboyev Xusan Turabekovich
Bozorboyev Xusan Turabekovich Katta o‘qituvchi Katta ilmiy xodim Xalqaro investitsiya huquqi, Mehnat iqtisodivotii 1, Inson resurslarini boshqarish, Dinshunoslik, Liderlikni rivojlantirish
Zakirov Alisher Akbarovich
Zakirov Alisher Akbarovich Dotsent Fan nomzodi, PhD, Dotsent Psixolog faoliyatida proektiv metodlar, Psixologiyada konstitutsiya, Psixologik konsultatsiya va psixo korreksiya, Psixologik ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari va texnologiyalari

Yangiliklardan birinchi boʻlib xabardor boʻling

Telegram kanalimiz yoki email orqali eʼlonlar va tadbirlarni oling.

Telegram