Ilmiy Ishlar Va Innovatsiyalar Boʻyicha Prorektor

Bosh sahifa → Rahbariyat → Lochinbek F.
Rahbariyatga qaytish
PROREKTOR
LF
Lochinbek Fayzullayevich Amirov
Ilmiy Ishlar Va Innovatsiyalar Boʻyicha Prorektor
Tarjimai hol

Lochinbek Fayzullayevich Amirov

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent.

1986-yil 15-iyunda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. 2008-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2008-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Ilmiy boʻlimida ilmiy xodim lavozimida boshlagan hamda mazkur universitetda assistent, katta oʻqituvchi, dekan oʻrinborsari, boʻlim boshligʻi, fakultet dekani lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2025-2026-yillarda Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi Sirtqi boʻlim boshligʻi, 2026-yildan esa mazkur lavozimda ishlab kelmoqda.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Ilmiy kengashda 08.00.13 – “Menejment” ixtisosligi boʻyicha “Qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan foydalanishni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 2025-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan.

Mehnat faoliyati mobaynida 2 nafar Navoiy nomidagi va 1 nafar Oʻzbekiston Respublikasi Prezident stipendiyalari savrindorlarini tayyorlagan.

60 tadan ortiq ilmiy ishlari eʼlon qilingan. Yakka mualliflikda 2 ta darslik, hammualliflikda 4 ta darslik,  4 ta oʻquv qoʻllanma, 4 ta uslubiy qoʻllanma, 21 ta respublika va xalqaro ilmiy jurnal, toʻplamlarda ilmiy maqolalari va 13 ta ilmiy-amaliy tezislari mavjud.

Hozirgi kunda DSs ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlarni amalga oshirmoqda.