Ilmiy Ishlar Va Innovatsiyalar Boʻyicha Prorektor
Lochinbek Fayzullayevich Amirov
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent.
1986-yil 15-iyunda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. 2008-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2008-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Ilmiy boʻlimida ilmiy xodim lavozimida boshlagan hamda mazkur universitetda assistent, katta oʻqituvchi, dekan oʻrinborsari, boʻlim boshligʻi, fakultet dekani lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2025-2026-yillarda Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi Sirtqi boʻlim boshligʻi, 2026-yildan esa mazkur lavozimda ishlab kelmoqda.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Ilmiy kengashda 08.00.13 – “Menejment” ixtisosligi boʻyicha “Qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan foydalanishni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 2025-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan.
Mehnat faoliyati mobaynida 2 nafar Navoiy nomidagi va 1 nafar Oʻzbekiston Respublikasi Prezident stipendiyalari savrindorlarini tayyorlagan.
60 tadan ortiq ilmiy ishlari eʼlon qilingan. Yakka mualliflikda 2 ta darslik, hammualliflikda 4 ta darslik, 4 ta oʻquv qoʻllanma, 4 ta uslubiy qoʻllanma, 21 ta respublika va xalqaro ilmiy jurnal, toʻplamlarda ilmiy maqolalari va 13 ta ilmiy-amaliy tezislari mavjud.
Hozirgi kunda DSs ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlarni amalga oshirmoqda.