2024-yil 27-noyabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida navbatdagi ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Ushbu ijodiy uchrashuvda yozuvchi Nurali Qobul va shoira Gulchehra Ibragimova ishtirok etib, talabalar bilan yaqindan suhbat qurishdi.
Ushbu tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad talabalarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, ular o‘rtasida kitobxonlik va kitob mutolaasini ommalashtirish, taniqli yozuvchi va shoirlarning ijodi bilan talabalarni yaqindan tanishtirishdan iborat sanaladi.
Ijodiy uchrashuv davomida talabalar tomonidan adiblarning hayoti va ijodiga doir, shuningdek, bugungi ijodiy jarayonlar, ijod jarayonining o‘ziga xos jihatlariga doir savollar berishdi.
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi hamda “Yuridik adabiyotlar publish” nashriyoti hamkorligida tashkil etilgan kitoblar yarmarkasi ushbu tadbirga alohida joziba bag‘ishladi.