Kasaba uyushmalari tizimida kadrlar tayyorlash tizimida yaqindan hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilish maqsadida Sankt-Peterburg kasaba uyushmalari gumanitar universiteti delegasiyasi Toshkent shahriga tashrif buyurdi.
Rossiyalik mehmonlar tashrif davomida Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasida yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, audiyatoriyalar va sport majmualarida yaratilgan imkoniyatlar bilan bevosita tanishishdi.
Shuningdek, mehmonlarga Akademiyada talabalarning dunyoqarashini boyitish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlarga doir ma'lumotlar taqdim etildi. Mehmonlar Akademiyada yaratilgan shart-sharoitlar va amalga oshirilayotgan ishlarga yuksak baho berishdi.
Shuningdek, mehmonlar Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishishdi.