O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasiga AQShdagi Vebster universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Universitetning Fan va salomatli kolleji dekan muovini, PhD Jil Ogule boshchiligida delegatsiya a’zolari tashrif davomida tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishning istiqbollari, birgalikda kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish borasidagi ustuvor vazifalarni muhokama qilishdi.
Jumladan, Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi bazasida AQSh ta’lim standartlari asosida oliy ma’lumotli o‘rta tibbiyot xodimlari tayyorlashni yo‘lga qo‘yishning istiqbollari, ushbu o‘quv kurslarini tashkil etish borasida hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar borasida atroflicha so‘z yuritildi. Shuningdek, hamkorlikda o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ushbu yo‘nalishda ta’lim oladigan talabalarning amaliyot jarayonlarini tashkil etish hamda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalari muhokama qilib olindi. Tashrif davomida Vebster universiteti delegatsiyasi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.