Hududlarning ekologik-iqtisodiy xavfsizligi va texnologik mustaqillik masalalari Xalqaro-ilmiy amaliy anjumanda muhokama qilindi
2023-yil 14-aprel kuni Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi tashabbusi bilan “Hududlarning ekologik-iqtisodiy xavfsizligi va texnologik mustaqillik” mavzusida tashkil etilgan xalqaro Anjuman bo‘lib o‘tdi.
11-marotaba nashkil etilgan ilmiy amaliy anjuman atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq munosabatlarni boshqarishda zamonaviy shartlar, atrof muhit va texnologik mustaqillik, hududlar, korxona va korporatsiyalarning ekologik va iqtisodiy manfatlari muvozanati kabi masalalarni qamrab oldi. Ushbu anjumanda Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasining professor-o‘qituvchilari va talabalari ham faol ishtirok etdi.
Anjuman vediokonferensiya tarzida bo‘lib, unda Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi rektori, S.N.Ahmedov, o‘quv ishlari bo‘yicha 1-prorektori A.Atametov, O‘quv bo‘limi boshlig‘i К.Axunjanov, Mehnat sohasini boshqarish fakulteti dekani A.Zakirov, Sirtqi ta’lim bo‘limi boshlig‘i A.Xakimov, katta o‘qituchi G‘.Ahmedov, kafedra mudiri R.Nurmamatova o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Globallashuv sharoitida ekologik xavfsizlikni ta’minlash: muammo va yechimlar, hududlarning ekologik-iqtisodiy xavfsizligi va ekologiya muhofazasini yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy yechimlar ham ko‘rib chiqildi. Konferensiyada ishtirokchilar tomonidan 50 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar tinglandi hamda fikr-mulohazalar bildirildi.