Mamlakatimizda oliy taʼlim tizimini isloh qilish, yoshlarning keng qatlami uchun oliy maʼlumot olish uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda yuzga yaqin nodavlat taʼlim muassasalarining faoliyati yoʼlga qoʼyilganligi ushyuu fikrning yaqqol dalilidir.
Oʼz faoliyatini 2022 yil sentyabrь oyida boshlagan Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Аkademiyasi ham iqtisodiyotning turli sohalari uchun zarur boʼlgan mutaxassislarni tayyorlashni oʼz oldiga maqsad qilib olgan.
Yaratilayotgan shart-sharoitlarni keng targʼib etish, aholi orasida zarur tushuntirish ishlarini olib borish yoshlarning oliy taʼlim olishga boʼlgan qiziqishini oshirishi shubhasiz. Shu maqsadda, Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Аkademiyasida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yoshlarni yaqindan tanishtirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini tashkil etish yoʼlga qoʼyildi.
Ushbu tadbirlar doirasida joriy yilning 17 aprel kuni Mirobod tumani, 18 aprel kuni esa Mirzo Ulugʼbek tumanida umumiy oʼrta taʼlim maktablarining bitiruvchilarining Аkademiyaga tashrifi tashkil etildi. Tashrif davomida bitiruvchi yoshlar Аkademiyada yaratilgan shart-sharoitlar bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega boʼlishdi. Shu bilan bir qatorda, Аkademiya faoliyati, taʼlim muassasasida tayyorlanayotgan mutaxassisliklar boʼyicha oʼzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.