O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasiga Rossiya sanoat xodimlari kasaba uyushmasining Boshqirdiston Respublika tashkilotining bir guruh xodimlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Rossiya sanoat xodimlari kasaba uyushmasining Boshqirdiston Respublika tashkiloti raisi Irina Islamova boshchiligida delegatsiya a’zolari tashrif davomida Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Jumladan, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, audiyatoriyalar va sport majmualarida yaratilgan imkoniyatlar bilan bevosita tanishishdi.