Poytaxtimizdagi “Chinobod plaza” sanatoriysi hududida yangi barpo etilgan “Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Majlislar zali”da 11 noyabr – Oʼzbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan koʼp yillardan beri mamlakat kasaba uyushmalari tizimida mehnat qilib, bugungi kunda ham yosh avlod kamolotiga munosib hissa qoʼshib kelayotgan kasaba uyushma faxriylari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Unda Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi , uning tarmoqlari va Respublikamiz hududlaridan tashrif buyurgan kasaba uyushma faxriylari, Federatsiya tomonidan oʼtkazilgan qator tanlovlar gʼoliblari ishtirok etdi va albatta bizni quvontirgani , Akademiyamizda ta'lim oluvchi 3- bosqich 106-guruh talabasi Maksudova Nigora Аbdulla qizi "Yilning eng namunali talabasi" nominatsiyasida g'olib bo'lib esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Akademiya bunday talabalar bilan farxlanib, yutuqlari bardavom bòlishiga ishonadi!