O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi Yurisprudensiya yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun 2023 yil 9 oktabr sanasi unutilmas sanalar sirasiga kirishi shubhasiz. Aynan shu kuni ular uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining direktori, Akademik Akmal Xolmatovich Saidov Davlat va huquq nazariyasi fanidan mashg‘ulot o‘tdi.
“Davlat va huquq nazariyasi” o‘quv fanining predmeti, xususiyatlari, qonuniyatlari va funksiyalari” mavzusidagi ilk mashg‘ulot davomida muhtaram Akademik tomonidan talabalarga ushbu fanning predmeti, ob’ekti, metodologiyasi hamda boshqa fanlar va huquqshunoslik fanlari bilan aloqasi, ular urtasidagi uzviylik haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mashg‘uldot yakunida Akademik Akmal Saidov talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.