O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasida ham Hazrat Alisher Navoiyning dahosiga munosib ehtirom ko‘rsatildi. Akademiyaning majlislar zalida Akademiya professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida A. Navoiy tavalludi munosabati bilan “Ajdodlar ruhi mangu barhayot” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ulug‘ ajdodimizning boy ma’naviy merosi, o‘zbek milliy adabiyotining shakllanishi va taraqqiy topishida ulug‘ bobokalonimizning tutgan o‘rni haqida ma’lumot berildi. Shu bilan bir qatorda, talabalar tomonidan Hazrat hayoti va ijodiga oid sahna chiqishlari, g‘azal va ruboiylaridan namunalar ijro etishdi.
Yunus Rajabiy nomidagi Maqomchilar ansambli xonandasi Quvonchbek Do‘stmurodov ijro etgan Navoiy g‘azallariga bag‘ishlangan kuyva qo‘shiqlar yig‘ilganlarda yaxshi taassurot qoldirdi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan bunday xayrli ishlar yosh avlodning Navoiy ijodini o‘rganishiga qulaylik yaratishi, kelajagimiz vorislari Navoiy asarlari mohiyatini chuqurroq his qilishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.