O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasiga Tojikiston Energetika xodimlari kasaba uyushmasi Respublika qo‘mitasi delegasiyasi tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar Akademiyada yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Shuningdek, tojikistonlik mehmonlarga Akademiyadav talabalarning dunyoqarashini boyitish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlarga doir ma'lumotlar taqdim etildi.
Mehmonlar Akademiyada yaratilgan shart-sharoitlar va amalga oshirilayotgan ishlarga yuksak baho berishdi.