O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federratsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasida talabalarning tahsil olishi bilan birga, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va shakllantirishga yo‘naltirilgan turkum tadbirlar ham tashkil etib kelinadi.
2023 yil 4 oktabr kuni Akademiya talabalari ishtirokida navbatdagi “Ma’naviyat soati” tadjjbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida so‘zlagan nutqi va Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar haqida fikr yuritildi.
Akademiya katta o‘qituvchisi A.Yo‘ldoshbekov tomonidan tayyorlangngan taqdimotda Prezidentimiz nutqida keltirilgan ustuvor jihatlar, muhim taklif va tashabbuslarning mohiyatini ochib berishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ro‘y berayotgan islohotlar, “Yangi O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish borasida qilinayotgan ishlar, gender tengligini ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish borasida erishilayotgan yutuqlar yana bir marotaba ta’kidlab o‘tildi. Tadbir davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.
Akademiyada “Ma’naviyat soati” doirasiidagi turkum tadbirlar ertaga ham davom ettiriladi.