Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Аkademiyasi tomonidan talabalarning bilim olishi bilan bir qatorda ularning intellektual salohiyatini oshirish borasidagi ishlarga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
2023 yil 7 aprel kuni Аkademiyada tahsil olayotgan talabalardan iborat jamoalar oʼrtasida Аkademiya kubogi uchun “Zakovat” intellektual oʼyinining III turi oʼtkazildi.
Ushbu turnirni tashkil etishdan koʼzlangan asosiy maqsad Аkademiya talabalarining intellektual oʼyinlarga boʼlgan qiziqishini oshirish, ularning intellektual bilim va mahoratlarini shakllantirish, bilim olishga boʼlgan intilishlarini ragʼbatlantirish hisoblanadi. Turnirning Nizomiga muvofiq, 2022-2023 oʼquv yili davomida bellashuvlar 6 ta turdan iborat tarzda tashkil etiladi. Nizomga koʼra, ishtirokchi jamoalar har bir turda uchtadan raundda 12 tadan, jami 36 ta savolga javob berishi talab etiladi.
Ushbu musobaqalar Xalqaro “Chto? Gde? Kogda?” jamoalari assotsiatsiyasi tomonidan oʼrnatilgan qoidalar asosida tashkil etildi.
Turnirning uchinchi turi Аkademiya talabalarida intellektual oʼyinlarga boʼlgan qiziqish yuqori ekanlignini koʼrsatdi. Har bir raundda berilgan savollar ishtirokchi jamoalar tomonidan qizgʼin ravishda muhokama qilindi hamda javob berildi.
Ushbu intellektual bellashuvlar kelajakda “Zakovat” intellektual musobaqasi boʼyicha Аkademiya terma jamoasini shakllantirishga xizmat qilishi koʼzda tutilgan.