TALABALAR HAYOTI

Akademiya rektori dars jarayonlarini kuzatdi

29.09.2026 89
Akademiya rektori dars jarayonlarini kuzatdi

Bugun Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi rektori iqtisod fanlari doktori, professor Sayfulla Normatovich Ahmedov, taʼlim jarayonlarining borishi bilan tanishdi.

👨‍🏫 Rektor dars mashgʻulotlarida ishtirok etib, professor-oʻqituvchilarning dars oʻtish jarayoni, talabalarning faolligi hamda taʼlim sifatiga eʼtibor qaratdi.

💬 Shuningdek, talabalar va professor-oʻqituvchilar bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va istaklari tinglandi.

🎓 Muloqotlar davomida taʼlim sifatini yanada oshirish, zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish va talabalar uchun munosib taʼlim muhitini yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi — sifatli taʼlim va yuksak salohiyat sari!

Foto lavhalar(2)