Asosiy kontentga o‘tish
Talabalar hayoti

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida "Ruhiy salomatlikning muhim omillari" mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi

13 marta ko‘rilgan 1 daqiqa o‘qish
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida "Ruhiy salomatlikning muhim omillari" mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi
Ulashish

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida "Ruhiy salomatlikning muhim omillari" mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi

10-oktabr — Butun jahon ruhiy salomatlik kuni munosabati bilan Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasining "Ijtimoiy ish" yo‘nalishi sirtqi ta'lim bo‘limi 3-kurs 150-24 guruh talabalari ishtirokida muhim tadbir tashkil etildi.

Umumkasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Navbahor Eshpulatova rahbarligida "Ruhiy salomatlik va uy sharoitida parvarishlash" fanidan "Ruhiy salomatlikning muhim omillari" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Ochiq dars davomida ruhiy salomatlikni saqlash va mustahkamlashning 6 ta muhim omili (“Oltin kalitlar”) keng yoritib berildi. Talabalar mavzuni yanada chuqur anglashlari uchun sahna ko‘rinishlari, seminar-treninglar, foydali taqdimotlar hamda qiziqarli o‘yinlardan unumli foydalandilar.

Tadbir qizg‘in va amaliy ruhda o‘tib, talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Yangiliklardan birinchi boʻlib xabardor boʻling

Telegram kanalimiz yoki email orqali eʼlonlar va tadbirlarni oling.

Telegram