📚✨ “Ma’rifat ulashib” — adabiyot va ma’rifat uchrashuvi
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
🌟 Tadbirning faxriy mehmonlari — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli o‘zbek adibi, yozuvchi, publitsist va tarixchi To‘lqin Hayit, shoir, jurnalist va tarjimon Safar Olloyor, taniqli shoira va tarjimon Oydinniso Yo‘ldosheva bo‘ldilar.
🖋 Uchrashuv davomida adabiyot, ma’naviyat va ma’rifatning inson kamolotidagi o‘rni, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish kabi mavzular atrofida fikr almashildi.
📖 Bunday ma’rifiy uchrashuvlar yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ijod ahliga hurmat tuyg’usini mustahkamlashga xizmat qiladi.