Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi talabalari ucun Eko-parkda bayramona piknik taşkil etildi
Õqiş jarayonlaridan bir zum calğib, mazmunli hordiq ciqariş hamda talabalar õrtasida õzaro dõstona muhitni mustahkamlaş maqsadida Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasining Yoşlar bilan işlaş va maʼnaviyat bõlimi taşabbusi bilan poytaxtimizdagi Eco Park hududida yorqin va unutilmas piknik taşkil etildi.
Ekologik toza muhitda õtgan tadbir kõtarinki kayfiyat va qizğin muloqotlarga boy bõldi. Talabalar õrtasida uyuştirilgan qiziqarli va interaktiv õyinlar yoşlarning jamoada işlaş kõnikmalarini rivojlantirib, dõstlik riştalarini yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.
Tabiat qõynidagi sokin va iliq muhit iştirokcilarga yangi kuc, ceksiz ilhom hamda navbatdagi darslar ucun ğayrat bağişladi. Bunday mazmunli tadbirlar talabalarning bõş vaqtini mazmunli taşkil etişda muhim õrin tutadi.