Asosiy kontentga o‘tish
Uchrashuv

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri boʻlib oʻtdi

4 marta ko‘rilgan 1 daqiqa o‘qish
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri boʻlib oʻtdi
Ulashish

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri boʻlib oʻtdi

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida Alisherobod mahallasi faollari, nuroniylar va talabalar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri tashkil etildi.

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad — avlodlar oʻrtasidagi uzviylikni mustahkamlash, yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat, vatanparvarlik, kattalarga ehtirom va ezgu anʼanalarga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat boʻldi.

Uchrashuv davomida nuroniylar oʻzlarining hayotiy tajribalari, bosib oʻtgan mehnat yoʻllari, hayot saboqlari va yoshlarga beradigan maslahatlari bilan oʻrtoqlashdilar. Mahalla faollari ham jamiyatda ahillik, hamjihatlik va oʻzaro hurmat muhitini qaror toptirishda yoshlarning oʻrni muhim ekanini taʼkidladilar.

Talabalar nuroniylar bilan samimiy muloqot qilib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bunday uchrashuvlar yosh avlodning hayotiy qarashlarini boyitish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuygʻusini shakllantirish hamda avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy koʻprikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida nuroniylarga koʻrsatilayotgan ehtirom, yoshlarga berilayotgan eʼtibor va avlodlar oʻrtasidagi hamjihatlik jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri ekani alohida eʼtirof etildi.

“Uch avlod uchrashuvi” barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirib, yoshlar va nuroniylar oʻrtasidagi samimiy muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.



Foto galereya

11 ta surat

Yangiliklardan birinchi boʻlib xabardor boʻling

Telegram kanalimiz yoki email orqali eʼlonlar va tadbirlarni oling.

Telegram