Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi rahbariyati yangi o'quv yili qabuli uchun, joylarda keng jamoatchilik, kasaba uyushmasi vakillari, akademiyada o‘qish istagidagi yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar tashkil etmoqda.
Shu kabi ucharshuvlar Qashqadaryo viloyatida ham tashkil etildi.
Uchrashuvda akademiyaning imkoniyatlari, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, 2024-2025 o‘quv yillari uchun kunduzgi va sirtqi ta’limning bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlar qabul qilish tartiblari xususida ma’lumotlar berilmoqda.