Adiblar xiyoboni — yoşlar ucun maʼrifat va maʼnaviyat saboqlari
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida talabalarning maʼnaviy dunyoqaraşini boyitiş, milliy adabiyotimiz va tariximizga bõlgan qiziqişini oşiriş, buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodini cuqur õrganişga qaratilgan maʼrifiy tadbirlar izcil davom ettirilmoqda.
Ana şunday taşabbuslar doirasida joriy haftada ham Akademiyaning Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar bõlimi hamda tyutorlar hamkorligida asosan 1-bosqic talabalari ucun Adiblar xiyoboniga navbatdagi maʼrifiy sayohat taşkil etildi.
Sayohat davomida talabalar õzbek adabiyoti va milliy maʼrifat tarixida alohida õrin tutgan buyuk adiblar hayoti, ijodi va maʼnaviy merosi bilan yaqindan tanişdilar. Tadbirning asosiy eʼtibori jadidcilik harakatining yirik namoyandasi, maʼrifatparvar va millat fidoyisi Mahmudxõja Behbudiyning hayoti va faoliyatiga qaratildi.
Iştirokcilarga Behbudiyning xalqni ilm-maʼrifatli qiliş, yoş avlodni zamonaviy bilimlar egallaşga undaş, milliy ong va tafakkurni yuksaltiriş yõlidagi saʼy-harakatlari haqida maʼlumotlar berildi. Uning taʼlim, teatr, matbuot va adabiyot sohalaridagi faoliyati, jamiyat taraqqiyoti ucun ilgari surgan ğoyalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Bunday maʼrifiy sayohatlar talabalarda tarixiy xotirani mustahkamlaş, milliy qadriyatlarga hurmat tuyğusini şakllantiriş, ajdodlar merosidan hayotiy xulosalar ciqariş hamda mustaqil fikrlaş qobiliyatini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Akademiyada yoşlarning intellektual va maʼnaviy salohiyatini yuksaltiriş, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşga qaratilgan bunday maʼrifiy taşabbuslar izcil davom ettiriladi.
Ajdodlar merosini anglaş — maʼrifatli kelajak sari taşlangan muhim qadam!