Botanika boğiga sayohat — tabiat bilan hamohanglik va ekologik madaniyat sari
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida talabalarning nafaqat intellektual va maʼnaviy salohiyatini yuksaltiriş, balki ularda tabiatga ehtiyotkorona munosabat, ekologik madaniyat va soğlom turmuş tarzi kõnikmalarini şakllantirişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Şu maqsadda Akademiyaning Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar bõlimi taşabbusi hamda tyutorlar hamkorligida asosan 1-bosqic talabalari iştirokida Toşkent Botanika boğiga maʼrifiy-ekologik sayohat taşkil etildi.
Sayohat davomida talabalar tabiatning betakror gõzalligi, õsimliklar olamining rang-barangligi va yaşil hududlarning inson hayotidagi ahamiyati bilan yaqindan tanişdilar. Boğ hududidagi turli daraxt va õsimliklar, ularning õziga xos xususiyatlari hamda biologik xilma-xillikni saqlaşning muhim jihatlari iştirokcilarda katta qiziqiş uyğotdi.
Şuningdek, bunday sayohatlar yoşlarning bõş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ularni tabiat qõynida hordiq ciqarişga rağbatlantiriş, jamoaviylik va dõstona munosabatlarni mustahkamlaşda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Talabalar ucun taşkil etilayotgan bunday maʼrifiy va madaniy tadbirlar ularning dunyoqaraşini kengaytiriş, atrof-muhitga masʼuliyatli munosabatni şakllantiriş hamda tabiat neʼmatlarini asrab-avaylaş tuyğusini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Akademiyada yoşlarning har tomonlama kamol topişi, mazmunli dam olişi va ijtimoiy faolligini oşirişga qaratilgan taşabbuslar izcil davom ettirilmoqda.
Tabiatni asraş — kelajakni asraşdir!