Asosiy kontentga o‘tish
Yangilik

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi vakili Dushanbe shahrida oʻtkazilgan xalqaro forumda ishtirok etdi

18 marta ko‘rilgan 1 daqiqa o‘qish
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi vakili Dushanbe shahrida oʻtkazilgan xalqaro forumda ishtirok etdi
Ulashish

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi vakili Dushanbe shahrida oʻtkazilgan xalqaro forumda ishtirok etdi

Joriy yilning 13–18-oktyabr kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti mezbonlik qilgan “Barqaror turizm va madaniy meros” mavzusidagi xalqaro forum boʻlib oʻtdi.

Unda Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi G.A. Sattikulova ishtirok etdi.

Forum doirasida quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:

Turizmni     barqaror rivojlantirish va madaniy merosni asrab-avaylash;

Tadbirkorlikni     qoʻllab-quvvatlash va inson kapitalini rivojlantirish;

Taʼlim     sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish.

Shuningdek, tadbir dasturidan xalqaro konferensiyalar, davra suhbatlari va amaliy mahorat darslari oʻrin oldi. Mazkur xizmat safari ilmiy-taʼlimiy aloqalarni yanada mustahkamlash, xorijiy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribasini oʻrganish hamda istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlarini belgilab olishga xizmat qiladi.

Foto galereya

9 ta surat

Yangiliklardan birinchi boʻlib xabardor boʻling

Telegram kanalimiz yoki email orqali eʼlonlar va tadbirlarni oling.

Telegram