Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida: “Kasaba uyushmalari tarixi va uning faoliyati” fanidan amaliy mashgʻulot yuqori saviyada oʻtkazildi.
Taʼlim va amaliyot uygʻunligini taʼminlash, talabalarning kasbiy bilimlarini bevosita soha korxonalari misolida mustahkamlash maqsadida amaliy mashgʻulotlar davom etmoqda.
Navbatdagi ana shunday qiziqarli va mazmunli amaliy mashgʻulot “Kasaba uyushmalari tarixi va uning faoliyati” fani doirasida tashkil etildi. Unda Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasining 4-kurs 111-23 guruhi talabalari Oʻzbekiston temiryoʻlchilar va transport quruvchilari xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashida mehmon boʻldilar.
Mashgʻulotning asosiy jihatlari va yoʻnalishlari:
Tarixiy meros va amaliyot:
Talabalar kasaba uyushmalarining boy tarixiy taraqqiyot bosqichlari hamda bugungi kunda tarmoqda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni chuqur oʻrgandilar.
Tarmoq faoliyati bilan tanishish: Temir yoʻlchilar va transport quruvchilarining mehnat sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qilish hamda jamoaviy shartnomalarning amaldagi ijrosi koʻrib chiqildi.
Interaktiv muloqot: Boʻlajak mutaxassislar soha rahbarlari va mutaxassislari bilan ochiq muloqot qilib, oʻzlarini qiziqtirgan amaliy keyslar boʻyicha javob oldilar.
Mazkur amaliy mashgʻulot Yurisprudensiya kafedrasi v.b. dotsenti (PhD) G.Rzayeva rahbarligida yuqori metodik mahorat asosida oʻtkazilib, talabalarning kasbiy dunyoqarashini yanada boyitdi.