YANGILIK

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

4-oktabr, 2026 53

🏛 Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining 2026-yil 27-avgustdagi 02/17-1611-sonli rasmiy xati ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF–76-son Farmonidan kelib chiqadigan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishga Akademiya rektori, iqtisod fanlari doktori, professor Sayfulla Normatovich Ahmedov raislik qildi.

Yig‘ilishda quyidagi muhim masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli topshiriqlar berildi:

✅ Mas’ullarni belgilash va tayyorgarlik: Yig‘ilishda akreditatsiyadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan har bir masala yuzasidan aniq mas’ullar biriktirildi. Barcha xodimlarga o‘zlariga tegishli yo‘nalishlar va bandlar bo‘yicha puxta tayyorgarlik ko‘rish qat’iy buyurildi;

✅ Hujjatlar nazorati va qonunchilik talablari: Ta’lim dasturlarining maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilishini ta’minlash, shuningdek, akkreditatsiyadan o‘tmagan dasturlar bo‘yicha belgilangan qoidalarga so‘zsiz amal qilish lozimligi belgilandi. Bu boradagi barcha hujjatlar to‘liq va qat’iy nazoratdan o‘tkazilishi topshirildi;

✅ Yangi ta’lim dasturlari nazorati: Akademiya faoliyatida davlat akkreditatsiyasidan o‘tmagan yangi ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul holatlari mavjud emasligini o‘rganish hamda belgilangan muddatlarda Agentlikka tegishli ma’lumotlarni kiritish vazifasi yuklatildi;

✅ Ta’lim sifatini oshirish: Talabalarga ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlari sifatini yanada yaxshilash, zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Akademiya jamoasi ta’lim sifatini ta’minlash va davlatimiz tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarni o‘z vaqtida hamda sifatli bajarishga doimiy ravishda tayyor ekanligini bildiradi!