YANGILIK

"Yashil kelajak sari"

15.09.2026 339

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida "Yashil kelajak sari" mavzusida ochiq dars-tadbiri bo‘lib o‘tdi

Akademiyamizda yosh avlodning ekologik madaniyatini yuksaltirish, ularda tabiatga nisbatan daxdorlik va masʼuliyat hissini yanada oshirishga qaratilgan "Yashil kelajak sari" mavzusida mazmunli va taʼsirli ochiq dars-tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi raisining oʻrinbosari, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent Nilufar Matkarimova ishtirok etib, maxsus maʼruza qildi. Muloqot davomida mamlakatimizda atrof-muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning dolzarb jihatlari hamda ekologik barqarorlikni taʼminlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.

Shunchaki nazariy bilimlar bilan cheklanib qolmagan holda, tadbir amaliy harakatlarga ulandi. Xususan, PF-119 farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida Akademiya hududida mehmonlar va yoshlar ishtirokida yangi koʻchatlar ekildi. Har bir ekilgan nihol kelajagimiz uchun qoʻyilgan mustahkam poydevor ekanligi alohida taʼkidlandi.

 Tabiatni asraylik — yashil kelajakni birgalikda bunyod etaylik!

Foto galereya(8)