YANGILIK

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi

24.09.2026 285

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi

 

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida talabalar bilan anʼanaviy “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar Bosh boshqarmasi boshligʻi polkovnik Muxtor Yashnarovich Muxitdinov, Mirzo Ulugʻbek tumani IIOFMB Terorrizmga qarshi kurashish boʻlimi katta tezkor vakili podpolkovnik Salimjon Aʼzamjanovich Tajiddinov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordilar.

Favqulodda vaziyatlar yaʼni yongʻin yoki biror bir falokat yuz berganda shoshilinch choralar, oʻzini qanday tutish haqidagi hayotiy misollar bilan aytilgan maʼlumotlar yoshlar uchun qiziqarli va manfaatli boʻldi.

Suhbat davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, hayotiy tajriba, kasbiy faoliyat, xavfsizlik va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashdilar.

Foto galereya(9)