TALABALAR HAYOTI

Taʼlim va amaliyot uygʻunligi: Fizika fanidan maxsus koʻchma darslar tashkil etildi!

29.09.2026 92
Taʼlim va amaliyot uygʻunligi: Fizika fanidan maxsus koʻchma darslar tashkil etildi!

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasining "Umumkasbiy fanlar" kafedrasi professori Arofat Xudoyberdiyeva tomonidan 1-kurs talabalari uchun nazariya va amaliyotni uygʻunlashtirgan holda yangicha formatdagi mashgʻulotlar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi koʻchma dars mashgʻuloti Kimyo texnologiya institutining zamonaviy va maxsus jihozlangan auditoriyalarida oʻtkazildi. Unda 110-26 MMTX guruhi talabalari faol ishtirok etib, oʻzlashtirayotgan bilimlarini amalda sinab koʻrish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Shuningdek bu kabi mashgʻulotlar sirtqi boʻlim talabalari uchun ham tashkil etildi. Talabalarga fan sirlarini nafaqat kitoblar, balki zamonaviy laboratoriya jihozlari yordamida chuqurroq oʻrgatishga qaratilgan bu kabi mashgʻulotlar yoshlarning ilmga boʻlgan qiziqishini yanada oshiradi.

Bilim va amaliyot muvozanati – muvaffaqiyat kaliti!

Foto lavhalar(2)