TALABALAR HAYOTI

Nazariyadan — amaliyotga: talabalar uchun mazmunli uchrashuv

29.09.2026 102
Nazariyadan — amaliyotga: talabalar uchun mazmunli uchrashuv

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi Mehnat sohasini boshqarish fakulteti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi hamkorligida yuridik taʼlimni amaliyot bilan uygʻunlashtirishga qaratilgan navbatdagi amaliy uchrashuv tashkil etildi.

Unda Yurisprudensiya yoʻnalishining 1-, 2- va 3-bosqich talabalari, shuningdek, guruh tyutori I.Ashurmatov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida talabalar Milliy kinologiya markazi faoliyati, xizmat itlarini tayyorlash jarayoni hamda ulardan bojxona sohasida samarali foydalanish amaliyoti bilan yaqindan tanishdilar.

Nazariy bilimlarni real amaliyot bilan bogʻlash, sohadagi zamonaviy yondashuvlarni koʻz bilan koʻrib, jarayonlarni bevosita kuzatish talabalar uchun katta tajriba maktabi boʻldi.

Zero, haqiqiy mutaxassis — bilimni nafaqat oʻzlashtiradi, balki uni amaliyotda qoʻllashni ham oʻrganadi!

Foto lavhalar(7)