Asosiy kontentga o‘tish
Yangilik

Akademiya professor-õqituvcilari Xitoyning nufuzli ilmiy markazida xalqaro tajriba orttirmoqda

12 marta ko‘rilgan 2 daqiqa o‘qish
Akademiya professor-õqituvcilari Xitoyning nufuzli ilmiy markazida xalqaro tajriba orttirmoqda
Ulashish

Akademiya professor-õqituvcilari Xitoyning nufuzli ilmiy markazida xalqaro tajriba orttirmoqda

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida taʼlim sifatini oşiriş, professor-õqituvcilarning ilmiy-pedagogik salohiyatini yuksaltiriş va xalqaro tajribani taʼlim jarayoniga tatbiq etiş borasidagi işlar izcil davom etmoqda.

Ana şu yõnalişdagi saʼy-harakatlar doirasida Akademiyaning bir guruh faol professor-õqituvcilari va xodimlari joriy yilning 4–17-noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Xancjou şahrida xizmat safarida bõlib turibdi.

Delegatsiya vakillari XXR Suv xõjaligi vazirligi huzuridagi Qişloq elektrlaştiriş ilmiy-tadqiqot institutida taşkil etilgan 144 soatlik maxsus malaka oşiriş dasturida iştirok etmoqda.

Xalqaro õquv dasturida Akademiyaning ilmiy-tadqiqot, umumkasbiy taʼlim, iqtisodiyot va boşqaruv hamda yurisprudensiya yõnalişlarida faoliyat yuritayotgan tajribali mutaxassislari qatnaşmoqda. Ular orasida:

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaş bõlimi boşliği Gavxarinso Sattikulova;

Umumkasbiy fanlar kafedrasi katta õqituvcisi Nafosat Adizova;

Iqtisodiyot va boşqaruv kafedrasi katta õqituvcisi Zoir Yunusxodjayev;

Yurisprudensiya kafedrasi katta õqituvcisi Mamlakat Ibroximova;

Umumkasbiy fanlar kafedrasi katta õqituvcisi Otabek Sobirov;

Iqtisodiyot va boşqaruv kafedrasi katta õqituvcisi Akmal Xakimov bor.

Mazkur stajirovka nafaqat kasbiy bilim va kõnikmalarni boyitiş, balki xalqaro ilmiy muhit bilan yaqindan tanişiş, zamonaviy yondaşuvlarni õrganiş va ilğor tajribalarni milliy taʼlim tizimiga tatbiq etiş ucun ham muhim imkoniyatdir.

Taʼkidlaş joizki, professor-õqituvcilarning xalqaro miqyosda malaka oşirişi Akademiyada taʼlim va ilm-fan integratsiyasini mustahkamlaş, õquv jarayoniga innovatsion yondaşuvlarni joriy etiş hamda raqobatbardoş mutaxassislar tayyorlaş sifatini yangi bosqicga olib ciqişga xizmat qiladi.

Bilim va tajriba cegara bilmaydi. Akademiya jamoasi xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, zamonaviy bilimlarni õzlaştiriş va taʼlim sifatini yuksaltiriş yõlidagi izlanişlarini davom ettiradi.

Foto galereya

3 ta surat

Yangiliklardan birinchi boʻlib xabardor boʻling

Telegram kanalimiz yoki email orqali eʼlonlar va tadbirlarni oling.

Telegram