Sport — salomatlik garovi: Akademiya jamoasi sport musobaqalarida faol iştirok etdi
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalaştiriş, soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, mehnat jamoalari õrtasida dõstona muhit va hamjihatlikni mustahkamlaşga qaratilgan taşabbuslar izcil davom etmoqda.
11-noyabr — «Õzbekiston kasaba uyuşmalari kuni» bayrami munosabati bilan Õzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Toşkent şahar bõlinmasi kengaşi tomonidan «Yurt taraqqiyoti yõlida birlaşaylik!» şiori ostida tarmoq kasaba uyuşmasi Toşkent şahar kengaşi kubogi ucun «Sport — salomatlik garovi» şiori ostida sport musobaqalari taşkil etildi.
Uşbu musobaqalarda Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi professor-õqituvcilari hamda xodimlari faol iştirok etib, õzlarining sport mahorati, caqqonligi va intellektual salohiyatini namoyon etdilar.
Akademiya jamoasi vakillari quyidagi natijalarga erişdi:
Darts sport turi bõyica:
Nurmatova Zarina Uckirbekovna — faxrli 1-õrin.
Badminton sport turi bõyica:
Gaipov Hamza Yuldaşovic — faxrli 2-õrin.
Maxsus nominatsiyalar bõyica:
Bozorboyev Husan Turabekovic — darts sport turida «Mohir mergan» nominatsiyasi ğolibi;
Şaşka sport turi bõyica Usenova Arzigul Kidirbayevna «Eng yaxşi õyinci» nominatsiyasi bilan taqdirlandi.
Mazkur sport musobaqalari nafaqat iştirokcilarning jismoniy imkoniyatlarini sinovdan õtkazdi, balki hamkasblar õrtasidagi dõstlik, õzaro qõllab-quvvatlaş va jamoaviy birdamlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.
Akademiya jamoasi sport musobaqalarida munosib iştirok etib, qõlga kiritilgan natijalar bilan navbatdagi yutuqlar sahifasini boyitdi.
Barca ğolib va sovrindorlarni samimiy tabriklaymiz! Kelgusi musobaqalarda ham yangi zafarlar va yuksak natijalar tilaymiz!
Sport — salomatlik, birdamlik va ğalaba sari intiliş timsolidir!