Asosiy kontentga o‘tish
Yangilik

Akademiyada “Mafkuraviy kuraşning zamonaviy kõrinişlari” mavzusida davra suhbati õtkazildi

62 marta ko‘rilgan 2 daqiqa o‘qish
Akademiyada “Mafkuraviy kuraşning zamonaviy kõrinişlari” mavzusida davra suhbati õtkazildi
Ulashish

AKADEMIYADA “MAFKURAVIY KURAŞNING ZAMONAVIY KÕRINIŞLARI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI ÕTKAZILDI


Bugun axborot bir soniyada dunyoning bir cekkasidan ikkinci cekkasiga yetib boradi. Bunday şiddatli davrda har bir yoşdan nafaqat bilim va salohiyat, balki mustahkam mafkuraviy immunitet, teran nigoh va axborotga nisbatan tanqidiy munosabat talab etiladi.

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasida har payşanba kuni muntazam õtkazib kelinayotgan maʼnaviyat soati dasturi doirasida navbatdagi mazmunli ucraşuv — “Mafkuraviy kuraşning zamonaviy kõrinişlari” mavzusida davra suhbati bõlib õtdi. Unda professor-õqituvcilar, xodimlar hamda talaba-yoşlar faol iştirok etdi.
Tadbirga mehmon sifatida taklif etilgan Õzbekiston Respublikasi Icki işlar vazirligi Malaka oşiriş instituti dotsenti, yuridik fanlar nomzodi, podpolkovnik Norqobil Şoimov mavzuning dolzarb jihatlariga atroflica tõxtaldi. Suhbat davomida globallaşuv jarayonlari kucaygan bugungi şaroitda mafkuraviy tahdidlar qanday şakl va usullarda namoyon bõlayotgani ociq va hayotiy misollar orqali yoritib berildi.

Ayniqsa, internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan feyk xabarlar, manipulyativ materiallar hamda yoşlar ongiga yaşirin taʼsir kõrsatişga urinayotgan yot ğoyalarga qarşi tura oliş masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Har qanday axborotni kõr-kõrona qabul qilmasdan, uning manbasi, maqsadi va haqqoniyligini tekşiriş — zamonaviy axborot isteʼmoli madaniyatining ajralmas qismi ekani taʼkidlandi.Şu bilan birga, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy xotiramiz, Vatanga sadoqat va fuqarolik masʼuliyati insonni turli maʼnaviy xurujlardan asrovci eng işoncli qalqon ekani qayd etildi. Yoşlarning mustaqil fikr yuritişi, õz hayotiy pozitsiyasiga ega bõlişi va milliy õzlikni teran anglaşi bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri sifatida tilga olindi.

Jonli va samimiy ruhda kecgan muloqot coğida talabalar õzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi. Iştirokcilarga axborot makonida faol va masʼuliyatli bõliş, tarmoqlardan oqilona foydalaniş hamda şubhali oqimlarga aldanib qolmaslik yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Bir sõz bilan aytganda, maʼnaviyat soati doirasidagi uşbu davra suhbati talaba-yoşlarning dunyoqaraşini boyitiş, axborotni saralaş va tahlil qiliş kõnikmalarini mustahkamlaş, eng muhimi — ularning qalbi va ongida maʼnaviy ogohlikni yanada kucaytirişga xizmat qildi.

Foto galereya

12 ta surat

Yangiliklardan birinchi boʻlib xabardor boʻling

Telegram kanalimiz yoki email orqali eʼlonlar va tadbirlarni oling.

Telegram