Moldova kasaba uyuşmalari milliy konfederatsiyasi delegatsiyasi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida mehmon bõldi
Joriy yilda Õzbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi va Moldova kasaba uyuşmalari milliy konfederatsiyasi õrtasida imzolangan õzaro hamkorlik memorandumi ikki mamlakat õrtasidagi şeriklik aloqalarini yanada mustahkamlaşda muhim qadam bõldi.
Mazkur hujjatda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş hamda õzaro tajriba almaşiş maqsadida, şuningdek, 11-noyabr — Õzbekiston kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan yurtimizda taşrif bilan bõlib turgan Moldova kasaba uyuşmalari milliy konfederatsiyasi raisi Igor Zubku boşciligidagi delegatsiya safar dasturi doirasida Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida ham mehmon bõldi.
Delegatsiya aʼzolarini Akademiya rektori, iqtisod fanlari doktori, professor Sayfullo Normatovic Ahmedov boşciligida prorektorlar, professor-õqituvcilar, talabalar va jamoa vakillari iliq kutib oldilar.
Taşrif davomida mehmonlar taʼlim dargohining bugungi faoliyati, õquv jarayonlari va yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişişdi. Xususan, ular akademiyaning faollar zali, zamonaviy õquv auditoriyalari, sport majmuasi talabalar oşxonasi hamda talabalar turar joyini kõzdan kecirib, yoşlar ucun yaratilgan qulayliklarni yuqori baholadilar.
Samimiy muloqotlar ruhida õtgan ucraşuv doirasida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlaş ramzi sifatida Akademiya rektori va Moldova kasaba uyuşmalari milliy konfederatsiyasi raisi birgalikda daraxt ekişdi. Şundan sõng delegatsiya aʼzolari va akademiya jamoasi iştirokida davra suhbati taşkil etildi. Unda mehnat munosabatlari, kadrlar tayyorlaş va kasaba uyuşmalari faoliyatini takomillaştiriş bõyica fikr almaşildi.
Tadbir yakunida Moldova kasaba uyuşmalari milliy konfederatsiyasi raisi Igor Zubku akademiyaning faxriy mehmonlar kitobiga õzining iliq tilaklari va samimiy fikrlarini yozib qoldirdi. Har ikki tomon taşrifdan juda boy va yaxşi taassurotlar olib, kelgusidagi istiqbolli loyihalar bõyica hamkorlikni yanada davom ettirişga kelişib oldilar.