TALABALAR KUNI KÕTARINKI RUH VA KÕTARILINKI KAYFIYATDA NIŞONLANDI
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasining bir guruh talabalari Talabalar kuni munosabati bilan poytaxtimizning sõlim maskanlaridan biri — «Yangi Õzbekiston» boğida bayram tadbirini taşkil etdilar.
Tadbirda Yoşlar bilan işlaş, maʼnaviyat va maʼrifat bõlimi uslubcisi Navbahor Eşpõlatova hamda tyutor Durdona Siddiqova talabalar bilan birgalikda iştirok etdilar.
Bayram munosabati bilan talabalarga xos samimiy va fayzli dasturxon yozilib, dõstona davra taşkil etildi. Mazmunli va samimiy suhbatlar, qiziqarli muloqotlar, kulgu va şodlikka boy lahzalar, şuningdek, musaffo havoda hordiq ciqariş tadbirga õzgaca fayz bağişladi.
Ucraşuv davomida talabalar õzaro fikr almaşib, dõstlik riştalarini mustahkamladilar, bayramning kõtarinki kayfiyatidan bahramand bõldilar.
Bunday samimiy tadbirlar yoşlar õrtasida dõstona muhitni şakllantiriş, ularning bõş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, jamoaviylik va hamjihatlik tuyğularini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Zero, talabalik — nafaqat bilim oliş, balki unutilmas xotiralar, samimiy dõstlik va yorqin lahzalar davridir!