Akademiya delegatsiyasining Xitoydagi xalqaro malaka oşiriş safari qizğin davom etmoqda.
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi professor-õqituvcilari va xodimlarining Xitoy Xalq Respublikasining Xancjou şahrida taşkil etilgan xalqaro malaka oşiriş dasturidagi safari yuqori saviyada davom etmoqda.
Mazkur ilmiy-amaliy safar doirasida delegatsiya aʼzolari bir qator muhim tadbirlarda iştirok etib, ilğor xorijiy tajribalarni õrganmoqda:
Ilmiy-maʼrifiy õquvlar: XXR Suv xõjaligi vazirligi huzuridagi Qişloq elektrifikatsiya ilmiy-tadqiqot institutida taşkil etilgan maxsus õquv dasturida iştirok etilib, soha mutaxassislarining ilğor tajribalari va zamonaviy ilmiy yondaşuvlari yaqindan õrganildi.
Innovatsion markazga taşrif: Delegatsiya dunyoga maşhur Hikvision kompaniyasining boş qarorgohi va innovatsiyalar markazida bõlib, sunʼiy intellekt, raqamli texnologiyalar, intellektual videotahlil, yuqori aniqlikdagi xavfsizlik kameralari hamda “aqlli şahar” va “aqlli transport” ucun mõljallangan kompleks yecimlar bilan tanişdi.
Bunday amaliy seminarlar, ucraşuvlar va õzaro tajriba almaşiş maşğulotlari professor-õqituvcilarning ilmiy-pedagogik salohiyati hamda kasbiy kõnikmalarini yanada yuksaltirişda, şuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Õzlaştirilgan zamonaviy bilim va ilğor innovatsion tajribalarni Akademiyaning taʼlim jarayoniga tatbiq etiş ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Akademiya jamoasi — zamonaviy texnologiyalar, yangi bilimlar va xalqaro hamkorlik sari!