“MUQADDAS BAYROĞIMIZ — MILLIY ĞURUR VA IFTIXOR TIMSOLI”
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamkorligida Õzbekiston Respublikasi Davlat bayroğining milliy davlatciligimizdagi õrni va ahamiyatini keng tarğib qiliş, talaba-yoşlarning vatanparvarlik tuyğularini yuksaltiriş, ularda milliy ğurur va iftixor hissini mustahkamlaş maqsadida “Muqaddas bayroğimiz — milliy ğurur va iftixor timsoli” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbirda Akademiya professor-õqituvcilari, xodimlari, talaba-yoşlari hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyi vakillari iştirok etdilar. Ucraşuv davomida Davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalaş, tarixiy xotira va milliy õzlikni anglaşning yoşlar kamolotidagi ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir davomida Õzbekiston Respublikasi Davlat bayroğining yaratiliş tarixi, uning qabul qilinişi, davlat mustaqilligining muhim ramzlaridan biri sifatidagi õrni va huquqiy maqomi haqida batafsil maʼlumot berildi. Şuningdek, bayroğimizda aks etgan har bir rang va ramzning cuqur maʼno-mazmuni xususida qiziqarli fikrlar bildirildi.
Davlat bayroği xalqimizning ozodligi, mustaqilligi, milliy õzligi, tincligi va buyuk kelajakka bõlgan işoncini ifodalovci muqaddas ramz ekanligi alohida taʼkidlandi. Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbir talaba-yoşlar qalbida Vatanga muhabbat, sadoqat va daxldorlik tuyğularini yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.