«Yangi Õzbekiston — yangi kasaba uyuşmalari»: kelajakka sadoqat, ilmga eʼtibor va bayramona şukuh!
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida 11-noyabr — Õzbekiston kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan «Yangi Õzbekiston — yangi kasaba uyuşmalari» şiori ostida tantanali bayram dasturi taşkil etildi.
Bayramning mazmunli dasturidan akademiyaning 1-bosqic talabalari tomonidan tantanali qasamyod qabul qiliş marosimi hamda «Eng faol yoş kitobxon talaba» tanlovi ğoliblarini taqdirlaşga bağişlangan tantanali lahzalar õrin oldi.
Tadbirning eng hayajonli va unutilmas lahzalaridan biri — yoş talabalarning tantanali ravişda qasamyod qabul qilişi bõldi. Kelajakka katta umid va ezgu maqsadlar bilan qadam qõyayotgan yoşlar bilim oliş, õz kasbiga sadoqatli bõliş, yurt ravnaqi va jamiyat taraqqiyoti yõlida sidqidildan xizmat qilişga ahd qildilar.
Tadbirda akademiya rektori, iqtisod fanlari doktori, professor Sayfullo Normatovic Ahmedov sõzga ciqib, talabalarni hayotlaridagi uşbu qutluğ va unutilmas voqea bilan samimiy muborakbod etdi. Õz tabrigida yoş avlodning bilim olişi, kasbiy salohiyatini yuksaltirişi, tanlagan sohasiga sadoqat bilan xizmat qilişi hamda kelgusida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qõşişi muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi. Şuningdek, talabalarga ulkan maqsadlar sari intiliş, izlaniş va taʼlim olişda muvaffaqiyatlar tilab, ularga talabalik reyting daftarcasi va ramziy kalitni tantanali topşirdi.
Tadbir davomida ilm-maʼrifatga bõlgan mehrni rağbatlantiriş, yoşlar õrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş maqsadida taşkil etilgan «Eng faol yoş kitobxon talaba» tanlovi ğoliblari ham munosib taqdirlandi.
Tanlov natijalariga kõra:
1-õrin — 3-bosqic talabasi Xalilov Diyorbek;
2-õrin — 1-bosqic talabasi Nomozaliyev Şohijaxon;
3-õrin — 2-bosqic talabasi Nazaraliyeva Zilola;
3-õrin — 4-bosqic talabasi Sattarov Javohir.
Şuningdek, tanlovda faol iştirok etgani va kitobxonlikka bõlgan alohida qiziqişi ucun
3-bosqic talabasi Jõraqulov Murojon hamda
2-bosqic talabasi Azimqulova Gulsanam rağbatlantiruvci nominatsiyalar bilan taqdirlandilar. Uc bosqicli sinovlar bilan õtkazilgan mazkur tanlov yoşlar õrtasida mutolaa madaniyatini keng tarğib etiş, kitobga bõlgan mehrni oşiriş, bilimga canqoq va maʼnaviy jihatdan barkamol avlodni şakllantiriş yõlidagi muhim taşabbuslardan biri bõldi.
Albatta, bayramni musiqa va sanʼatsiz tasavvur etib bõlmaydi. Tadbirning badiiy qismi akademiya talabalari hamda taklif etilgan mehmon sanʼatkorlar ijrosidagi diltortar kuy-qõşiqlar va jõşqin ciqişlarga boy bõldi. Sahnada yangragan dilbar navolar, şõx va nafis taronalar yiğilganlarga kõtarinki kayfiyat bağişlab, bayramga õzgaca fayz kiritdi.
Talabalarning sanʼatga bõlgan iqtidori, mehmon sanʼatkorlarning mahoratli ijrosi va zalda hukm surgan samimiy muhit tadbirni haqiqiy bayramona ruhda õtkazişga xizmat qildi.
Eng muhimi, uşbu tadbir oddiy bayram dasturigina emas, balki yoş avlodning kelajakka işonci, ilmga intilişi, kitobga mehri va ezgu qadriyatlarga sadoqatini namoyon etgan maʼnaviy-maʼrifiy ucraşuv bõldi. Zero, bugun qasamyod qabul qilgan yoşlar — ertangi kunning malakali mutaxassislari, jamiyat taraqqiyotiga hissa qõşadigan fidoyi kadrlaridir.
Yangi maqsadlar, yangi intilişlar va yangi marralar sari dadil qadam qõyayotgan yoşlar bilan bayram yanada fayzli!