2024 yilning 17 yanvar kuni Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi binosida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi To‘lqin Hayit va yosh ijodkor Bobur Mo‘minov ishtirokida talabalar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Unda B.Mo‘mnovning yangi nashr etilgan "Erkak dardi" nomli hikoyalar to‘plami taqdimoti ham o‘tkazildi.
Qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuvda yozuvchi To‘lqin Hayit shoiru yozuvchilarimiz, adabiyotshunos olimlarimiz, yosh ijodkorlarimizning ijodi, ularning mamlakatimiz va dunyo miqyosida kechayotgan shiddatli jarayonlarga, yurtimizdagi bunyodkorlik ishlariga, yangilanish va yuksalish yo‘lida chekilayotgan zahmatlarga urg‘u bergan holda talabalarga bilimlarini oshirishda mehnat qilishdan to‘xtamasliklarini ta’kidladi. Uchrashuvda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash va ustoz-shogird an’analarini davom ettirish bo‘yicha talabalar, ularning ustozlari tomonidan takliflar berildi. Tadbir qiziqarli savol-javoblar bilan o‘z nihoyasiga yetdi.