“Metallurg” madaniyat saroyida “Xalqaro mehnat standartlarini joriy etishda kasaba uyushmalarining roli” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
🌐 Seminarda Xalqaro mehnat tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo sektori mudiri Sergeyus Glovaskas ishtirok etdi.
🎓 Tadbirda Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi nomidan Mehnat sohasini boshqarish fakulteti dekani Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sadullayev Toir Xikmatilla o‘g‘li ishtirok etib, “Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasining malakali mutaxassislar tayyorlash salohiyati” mavzusida ma’ruza qildi.
📚 Ma’ruzada Akademiyaning mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, malakali mutaxassislar tayyorlash borasidagi salohiyati hamda ta’lim imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
🤝 Mazkur seminar mehnat sohasidagi xalqaro tajribalarni o‘rganish, xalqaro mehnat standartlarini joriy etish va kasaba uyushmalari bilan hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim muloqot maydoni bo‘ldi.