Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi: Yangilanishlar, xalqaro integratsiya va sun'iy intellekt zamonidagi ilmiy taraqqiyot
Bugungi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida oliy ta'lim tizimini modernizatsiya qilish, ilm-fanga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xalqaro hamkorlik va yangi loyihalar Akademiya xalqaro maydonda nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlab, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Ana shunday hamkorlikning navbatdagi yorqin namunasi sifatida Janubiy Koreyaning Sejong universiteti bilan qo‘shma loyiha boshlandi.
Ushbu hamkorlik doirasida Sejong universiteti professori Otabek Jo‘rayev boshchiligida Akademiyaning 20 dan ortiq professor-o‘qituvchilari uchun “Oliy ta'lim va ilmiy tadqiqotlarda sun'iy intellekt vositalari va texnologiyalarini qo‘llash” mavzusidagi махsus kasbiy rivojlanish seminar-treningi o‘z ishini boshladi.
Seminarning asosiy yo‘nalishlari va talablari:
Muntazamlik: 8 hafta davomida har dushanba kuni onlayn tarzda tashkil etilmoqda.
Maqsad: Pedagoglarning ta'lim va ilmiy-tadqiqot jarayonida sun'iy intellekt (SI) texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini oshirish.
Akademik halollik va etika: SI vositalaridan foydalanishda ishonchli манбаларga tayanish, plagiat nazorati, ma'lumotlarni tanqidiy hamda mustaqil tahlil qilish qoidalariga qat'iy rioya etish talab etiladi.
Mazkur tashabbuslar Akademiya professor-o‘qituvchilarining raqamli va ilmiy kompetentsiyalarini yanada yuksaltirib, zamonaviy kadrlarni tayёрlashga xizmat qiladi.