Asosiy kontentga o‘tish
Yangilik

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida nazariya va amaliyot uygʻunligi: navbatdagi amaliy seminar yuqori saviyada oʻtkazildi

2 marta ko‘rilgan 1 daqiqa o‘qish
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida nazariya va amaliyot uygʻunligi: navbatdagi amaliy seminar yuqori saviyada oʻtkazildi
Ulashish

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida nazariya va amaliyot uygʻunligi: navbatdagi amaliy seminar yuqori saviyada oʻtkazildi

Taʼlim sifatini oshirish, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash hamda boʻlajak kadrlarni bevosita soha korxona va tashkilotlari faoliyati bilan tanishtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Navbatdagi ana shunday amaliy mashgʻulotlardan biri Oʻzbekiston Transport, yoʻl va qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashida tashkil etildi. Unda Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasining 4-bosqich 110-23 guruh talabalari faol ishtirok etdilar.

Seminarning asosiy maqsadi va yoʻnalishlari:

Nazariyani amaliyot bilan bogʻlash: Talabalar oʻquv jarayonida olgan bilimlarini bevosita tarmoq kasaba uyushmasi respublika kengashining kundalik faoliyati misolida koʻrib chiqdilar.

Kasaba uyushmalari faoliyati bilan tanishish: Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qilish, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzish, mehnat muhoofazasi hamda xavfsizligini taʼminlash borasidagi amaliy ishlar oʻrganildi.

Kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish: Boʻlajak mutaxassislarga sohaga oid huquqiy hujjatlar bilan ishlash, muammolarni tahlil qilish va qarorlar qabul qilish koʻnikmalari tushuntirildi.

Mazkur amaliy mashgʻulot kafedra assistent-oʻqituvchisi Zebiniso Babakulova rahbarligida yuqori pedagogik mahorat va ochiq muloqot ruhida oʻtkazildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga soha mutaxassislaridan batafsil javob olib, kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun zarur boʻlgan boy tajribaga ega boʻldilar.

Foto galereya

5 ta surat

Yangiliklardan birinchi boʻlib xabardor boʻling

Telegram kanalimiz yoki email orqali eʼlonlar va tadbirlarni oling.

Telegram