Asosiy kontentga o‘tish
Yangilik

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi talabalari uchun amaliy seminar oʻtkazildi

2 marta ko‘rilgan 1 daqiqa o‘qish
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi talabalari uchun amaliy seminar oʻtkazildi
Ulashish

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi talabalari uchun amaliy seminar oʻtkazildi

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasining Yurisprudensiya yoʻnalishi 4-bosqich 109-23-guruh talabalari uchun Oʻzbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashida amaliy seminar tashkil etildi. Mazkur mashgʻulotga kafedra assistent-oʻqituvchisi Zebiniso Babakulova masʼul boʻldi.

Seminar davomida talabalarga Oʻzbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, kasaba uyushmalarining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari hamda xodimlarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi oʻrni haqida batafsil tushunchalar berildi.

Xususan, kasaba uyushmalarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish tartibi, aʼzolarning huquq va majburiyatlari, ijtimoiy sheriklik tamoyillari hamda ish beruvchilar bilan oʻzaro munosabatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, Respublika kengashi faoliyati misolida kasaba uyushmalarining mehnat munosabatlarini tartibga solish, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini ishlab chiqish, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini taʼminlash hamda mehnat qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi ishtiroki tushuntirildi.

Tadbir davomida qonunchilik normalarining amaliyotga tatbiq etilishi, yuzaga keladigan huquqiy masalalar va ularni hal etish yoʻllari yuzasidan fikr almashildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olib, nazariy bilimlarini amaliy misollar orqali mustahkamlashdi.

Mazkur amaliy seminar boʻlajak huquqshunoslarning kasaba uyushmalari faoliyatiga oid bilimlarini boyitish, mehnat qonunchiligini amaliyot bilan bogʻliq holda oʻrganish hamda kasbiy koʻnikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

Foto galereya

5 ta surat

Yangiliklardan birinchi boʻlib xabardor boʻling

Telegram kanalimiz yoki email orqali eʼlonlar va tadbirlarni oling.

Telegram