Asosiy kontentga o‘tish
Yangilik

Nazariya va amaliyot uygʻunligi: talabalar uchun sayyor dars tashkil etildi

2 marta ko‘rilgan 1 daqiqa o‘qish
Nazariya va amaliyot uygʻunligi: talabalar uchun sayyor dars tashkil etildi
Ulashish

NAZARIYA VA AMALIYOT UYGʻUNLIGI: TALABALAR UCHUN SAYYOR DARS TASHKIL ETILDI

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasining yurisprudensiya yoʻnalishi 111-23-guruh talabalari uchun “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonun va ularning faoliyati fani doirasida sayyor amaliy mashgʻulot tashkil etildi. Kafedra vazifasini bajaruvchi dotsenti Goʻzalya Turgʻunovna Rzayeva tashabbusi bilan oʻtkazilgan mazkur dargoh — Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi boʻldi.

Tadbirning asosiy maqsadi talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, ularni kasaba uyushmalari tizimining tuzilmasi, faoliyat yoʻnalishlari hamda xodimlarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qilish mexanizmlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat boʻldi.

Sayyor dars davomida talabalar Respublika kengashi faoliyati, boshlangʻich tashkilotlar bilan hamkorlik tizimi hamda sohada ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish borasidagi amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, jamoa shartnomalarini tuzish, mehnat muhofazasini taʼminlash va xodimlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Ochiq muloqot va savol-javoblar tarzida oʻtgan mashgʻulot talabalarda katta taassurot qoldirdi. Bu kabi amaliy darslar boʻlajak yuristlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirishda muhim oʻrin tutadi.

Foto galereya

3 ta surat

Yangiliklardan birinchi boʻlib xabardor boʻling

Telegram kanalimiz yoki email orqali eʼlonlar va tadbirlarni oling.

Telegram